Sunday 2 February 2014

Hudodan Iltijo"


"E Hudo Menga Ham Velosiped Ber"
 Toshkentdagi baland qavatli uylarning birida faqir bazo`r kun kechiruvchi bir oila yashardi. Er- xotin va 8 yoshli bolakay.Azizjon 178-maktabning 2 sinfda o`qirdi. Ota qaysidir ishlab chiqarish korxonasida payvandchi,onasi esa bir boyning xonadonida ovqat tayyorlash idish yuvish bilan band, bolakay bo`lsa uyda yolg'iz o'tirardi. Bola har kuni soatlab oltinchi qavat derazasidan pastga - bolalar maydonchasida velosiped minib yurgan tengdoshlariga xavas bilan qarab o'tirardi.Bir kuni Sobir o`rtog`i adasi yangi velosiped olib beribdi maqtanib yursa Azizjon og`ringan holda "Qaniydi menda ham velosiped bolsaydi"deya xo`rsinibdi

U ham özining shunaqa velosipedi bölishini orzu qilardi. Lekin oilada bu orzuni amalga oshirish uchun na pul, na vaqt va hattoki bolaning orzusini eshitadigan kishi ham yöq edi. Bolakay oilasini velosiped sotib 
olish bilan qiynab qöyishini anglar, lekin uning bu orzusi juda kuchli edi. Bir kuni u onasining "Xudo mehribon, chin dildan nimaiki sörasang albatta beradi" degan sözlarini esladi. Qog'oz, ruchka olib, qog'ozlarni yuzlab, minglab bölaklarga böldi va har bir qog'oz parchasiga: "Ey Хudoyim, menga velosiped ber" deb yozib chiqdi. Bolakay o'zining chin qalbdan tilagan orzusi yozilgan qog'oz parchalarini oltinchi qavat derazasidan bir-bir tashqariga socha boshladi. U "Хudoga qog'ozlarimning biri bölmasa biri albatta yetib boradi va Xudoning menga rahmi kelib menga velosiped yuboradi" deb qalbdan ishonardi. Kunlar o'tib borar, bola har kuni qog'ozchalarni derazadan sochardi. Uning hayoli faqat shu ishda bölib qolgandi. Qog'ozlar tugasa yangisiga yozishni boshlardi, darslik daftarlargacha sarf qildi.Bolakay boshqa hamma narsani unutib, telbalarcha qog'ozlarni yirtar, yozar va derazadan 
uloqtirardi. Bazan qog'ozlarga ruchka siyohiga bolakayning qop-qora ko'zlaridan tomchilayotgan yoshlar qo'shilib ketardi. Kunlar o'taverardi, bolakay har kuni tongda "Bugun Xudoga qog'ozim yetib boradi" degan umid bilan yangi ruhda ishini boshlardi. Va nihoyat bir kuni eshik taqilladi. Ochsa, 45 yoshlardagi 
chiroyli kiyingan bir erkak kishi qölida bola chin dildan erishishni istagan, har kuni tushida körib chiqadigan velosiped bilan turardi. Kishining ko'zlarida allaqanday mungli jilmayish zohir edi. U yengil xo'rsinib velosipedni bolaga uzatdi. "Qog'ozing Xudoga yetib bordi, o'g'lim, bu senga, maza qilib min..." Bolakay nima deyishini bilmasdi. Kishi zina tomon yurib ketarkan ortiga o'girildi, uning yuziga bir tomchi yosh dumaladi. U bolakayga yuzlandi: "Endi Xudodan, bir martagina shu velosipedni olib kelgan amakiga ham farzand ber deb so'ragin, xöpmi..."
P.S:Real Voqeaga asoslangan Bloggerning Hayoti.........

No comments:

Post a Comment